Professional mulohaza nima?
Professional mutahassislar eng ko'p qo'llaydigan tushunchalardan biri professional mulohaza hisoblanadi. Ushbu tushunchaning mazmunini quyida AQSH buxgalterlar uyushmasi taʼrifi orqali tushuntirilgan.
Professional mulohaza — bu xulosa chiqarilayotgan paytda mavjud boʻlgan tegishli faktlar va holatlarga asoslangan, puxta asoslangan xulosaga kelish uchun qoʻllaniladigan jarayondir.
Ushbu jarayonning tayanch qismi — yetarli bilim va tajribaga ega shaxslarning ishtiroki hisoblanadi.
Professional mulohaza [masalalar va maqsadlarni aniqlashtirishni hamda] oqilona muqobil variantlarni xolis tarzda aniqlashni oʻz ichiga oladi; shu sababli, xulosaga zid boʻlib koʻrinadigan axborotni ham ehtiyotkorlik bilan va xolisona koʻrib chiqish uni qoʻllashning kaliti hisoblanadi.
Bundan tashqari, professional skeptitsizm va xolislik mazkur jarayon uchun va tegishli xulosaga kelish uchun muhim ahamiyatga ega.
O'qishni davom ettirish uchun tizimga kiring
Iltimos, o'qish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting. Bepul kitoblar va maqolalarning to'liq matni ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ochiq.
KirishRo'yxatdan o'tish bir daqiqa vaqt oladi — Telegram orqali ham mumkin.
Maqolani ulashish
Maqolani do‘stlaringiz va kasbdoshlaringiz bilan bo‘lishing