Moliyaviy hisobot firibgarligi nima?
Ushbu maqolada moliyaviy firibgarlik tushunchasi bilan tanishasiz. Bu forenzik hisob va audit uchun eng muhim mavzulardan biri hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot firibgarligi bu kompaniyaning moliyaviy ahvolini atayin notoʻgʻri koʻrsatishdir. Bu moliyaviy hisobotlardagi summalar yoki ochib beriladigan maʼlumotlarni qasddan soxtalashtirish yoxud ularni yashirish (koʻrsatmaslik) orqali amalga oshiriladi. Bundan ko’zlangan maqsad hisobot foydalanuvchilarini aldashdir.
Xato bilan firibgarlik oʻrtasidagi farq
Moliyaviy hisobot firibgarligi, boshqa firibgarlik turlari singari, qasddan qilinadigan harakatdir. Auditning xalqaro standarti (240-son AXS “Auditorning moliyaviy hisobot auditidagi firibgarlikka oid javobgarligi”)da taʼkidlanishicha, hisobotdagi notoʻgʻri maʼlumotlar xatodan ham, firibgarlikdan ham kelib chiqishi mumkin. Ularni ajratib turadigan asosiy belgi bu notoʻgʻri maʼlumotga sabab boʻlgan harakat qasddan qilinganmi yoki yoʻqmi, degan savoldir.
O'qishni davom ettirish uchun tizimga kiring
Iltimos, o'qish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting. Bepul kitoblar va maqolalarning to'liq matni ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ochiq.
KirishRo'yxatdan o'tish bir daqiqa vaqt oladi — Telegram orqali ham mumkin.
Maqolani ulashish
Maqolani do‘stlaringiz va kasbdoshlaringiz bilan bo‘lishing