Video kurs

Konseptual asoslari

Konseptual asoslari

Kurs haqida

2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangi Konseptual asoslar bilan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot yuritishdagi muhim o‘zgarishlarni oldindan o‘rganing! Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 6-maydagi 362-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yangi Konseptual asoslar milliy buxgalteriya standartlari uchun muhim nazariy va metodologik poydevor hisoblanadi. Ushbu videokurs orqali Konseptual asoslarning mazmun-mohiyati, moliyaviy axborotga qo‘yiladigan talablar, moliyaviy hisobot elementlari, ularni tan olish va baholash hamda hisobotda yoritib berish tartiblarini tizimli ravishda o‘rganasiz. Kurs yakunida siz: Yangi Konseptual asoslarning tuzilishi va tamoyillarini tushunasiz; Moliyaviy axborotning sifat tavsiflarini farqlay olasiz; Hisobot elementlarini tan olish va baholash asoslarini o‘zlashtirasiz; Moliyaviy hisobotda ma’lumotlarni to‘g‘ri yoritib berish bo‘yicha bilimingizni mustahkamlaysiz. Kurs muallifi: I. Ahmadxonov Spiker: Zumrad Artikboyeva — HASBA jamoasi a’zosi. Yangi talablarga oldindan tayyorlaning va professional bilimlaringizni bugundan mustahkamlang!

Kurs dasturi

8 ta dars · 3 soat 30 daqiqa

Umumiy8 ta dars
  1. KirishYopiq dars17:00
  2. Umumiy masalalarYopiq dars21:03
  3. Binoni poydevoriYopiq dars48:40
  4. Binoni pol qismiYopiq dars37:01
  5. Binoning birinchi ustuniYopiq dars44:54
  6. Binoning ikkinchi ustuniYopiq dars13:36
  7. Binoning uchinchi ustuniYopiq dars12:54
  8. Binoning to'rtinchi ustuniYopiq dars14:48