
Ibrohim Ahmadxonov
Auditor, MHXS eksperti va muallif
Kasbiy faoliyat va karyera yo'li
12 yildan ortiq davlat va xususiy sektordagi auditorlik tajribasi
Partnyor auditor
«Hasba Audit»
Mijozlar moliyaviy hisobotlarining auditi, MHXS bo'yicha maslahatlar hamda audit topshiriqlari sifatini nazorat qilish.
Ichki audit xizmati boshlig'i
«Hayot Birja» AJ
Riskka asoslangan ichki audit loyihalarini boshqarish hamda kompaniya jarayonlarini takomillashtirish.
Taklif etilgan professor
Webster, MDIS va British Management universitetlari
Moliya, audit va xalqaro buxgalteriya hisobi yo'nalishlarida bakalavriat hamda magistratura talabalariga chuqurlashtirilgan amaliy ma'ruzalar o'tish.
Ichki audit xizmati rahbari
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ
Kompaniya tizimida moliyaviy nazoratni yo'lga qo'yish, ichki audit faoliyatini xalqaro standartlar (IPPF/ISA) asosida muvofiqlashtirish va moliyaviy xatarlarni boshqarish.
Yetakchi konsalting loyihalari rahbari
«Assoodiq Consulting»
Yirik korxonalar uchun hisobotlarni MHXS ga o'tkazish (transformatsiya), islomiy moliya auditi va strategik moliyaviy loyihalarni boshqarish.
Buxgalteriya hisobi va audit departamenti direktori
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
O'zbekistonda MHXS ni joriy qilish, audit faoliyatini tartibga solish va uslubiyotni takomillashtirish.
MHXS bo'limi boshlig'i va bosh mutaxassis
«O'zbektelekom» AK
Yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni MHXS talablari asosida shakllantirish hamda xalqaro «Katta to'rtlik» (Big4) auditorlari bilan tekshiruv jarayonlarini olib borish.